MEHNAT SOHASIDAGI QONUNCHILIKNING MAQSADI

So‘nggi yillarda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar natijasida mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi ortib boryapti. Iqtisodiyotimizga yangi tarmoq va yo‘nalishlar kirib keldi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ish beruvchilar soni keskin oshdi, mehnat munosabatlariga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. Hatto jismoniy shaxslarga ham ish beruvchi maqomi berildi.

Mehnat sohasidagi qonunchilikning maqsadi — xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iborat. Ushbu faoliyat bilan bog‘liq barcha munosabatlarni Mehnat kodeksi tartibga soladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz o‘tgan yil 28 oktyabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun bu borada o‘z yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar yechimini topishda muhim dasturulamal bo‘ldi.

Xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga ham fuqarolarning mehnat sohasidagi huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga qaratilgan yangi normalar kiritildi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi, homiladorlik yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi shular jumlasidan.

Yana bir muhim masala. Bosh qonunimizning 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi belgilab qo‘yildi. Bu ham yangi Mehnat kodeksi normalariga bevosita uyg‘unligi bilan ahamiyatli.

Keyingi yillarda hayotimizga ko‘plab yangi mehnat munosabatlari kirib keldi. Jumladan, o‘zini o‘zi band qilish, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Pandemiya sharoitida masofaviy ish usuli joriy qilindi. Bularning barchasi mehnat bozorida odamlarning huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha yangi islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi.

Aytish joizki, yangi Mehnat kodeksi avvalgi kodeksdan hajm jihatdan 2,5 barobar katta bo‘lib, unga amaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan ko‘plab yangi normalar kiritildi. Kodeks loyihasi Qonunchilik palatasida muhokama qilinishi jarayonida ko‘plab muhim masalalar e’tiborga olindi. Bu boradagi ishlar faqat deputatlar yoki davlat organlari mas’ullari bilan emas, balki jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirokida amalga oshirildi. Ish beruvchilar, xususiy sektor vakillarining takliflari ham inobatga olindi.

Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatda ayollarning ham mehnat huquqlarini ta’minlovchi, ularning ijtimoiy himoyasini kafolatlovchi qator normalar kiritilgan. Jumladan, ayollarga oid masala kodeksning 30 ta moddasida keltirib o‘tilgan bo‘lib, “ayol” va “ayollar” jumlalari 64 marotaba ishlatilgan.

Xalqaro mehnat tashkilotining “Bir xil qiymatdagi mehnat uchun erkaklar va ayollarni teng rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 100-son konvensiyasiga muvofiq, kodeksning 244-moddasida teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to‘lanishini ta’minlash lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.

Umuman olganda, ushbu hujjatda belgilangan vazifalar fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, tashkilotlarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Uning hayotga samarali tatbiq etilishini ta’minlash esa parlament zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Demak, kodeksdagi yangi normalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilishda zamonaviy usul va uslublardan samarali foydalanishimiz zarur. yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish, ichki hujjatlarni qabul qilish belgilandi. Bundan tashqari, yana bir yangi norma — o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga a’zo bo‘lish huquqi ta’minlandi. Avvalgi Mehnat kodeksida ish beruvchi korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish, qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish hamda o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqi ko‘rsatilgan edi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yangi Mehnat kodeksi xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash imkonini beradi. Qolaversa, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashga, ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

RAMZ TILLAYEV

Fuqarolik ishlari bo’yicha Termiz tumanlararo sud sudyasi

Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash usullari

Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligini bayon qilgan edi.

Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.

Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:

aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

inflyatsiyaning yuqori darajasi;

mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.

Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Otabek Karimov

Jinoyat ishlari bo’yicha Qiziriq tuman sudi raisi

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH USULLARI

Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalarga ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni 
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
         Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik 
birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning 
asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtainazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit 
yaratadi.
         Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta 
faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
           aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
           davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
           iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
          mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
        Ichki nazorat – bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket  oidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

Sobirjon Kadirov

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi   

Milliy mustaqillik ramzi.

Har bir davlatning mustaqilligi va suverenitetini ifodalovchi ramzlari mavjud bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i davlatimiz mustaqilligi va  suverenitetining belgisi va ramzi hisoblanib, xalqaro munosabatlarda mamlakatimizni bevosita ifodalaydi.

Asosiy qonunimiz hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun 13 moddadan iborat.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi
250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz bayrog‘i o‘zining tarixiy ildizlariga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur davlatining bayrog‘i ham zangori rangda bo‘lganligi bizga tarixiy manbalardan ma’lum. 

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i:

1) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining, Oliy Majlisi palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, respublika davlat boshqaruvi organlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Markaziy bankining, Hisob palatasining, Markaziy saylov komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, sudlarning, prokuratura organlarining binolarida;

2) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, Konstitutsiyaviy sudning, Oliy sudning, respublika davlat boshqaruvi organlarining, Bosh prokuraturaning, Davlat xavfsizlik xizmatining, Markaziy bankining, Hisob palatasining, Markaziy saylov komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;

3) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining, Oliy Majlisi Senati Raisining, Bosh vazirning, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud raislarining, respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining, Bosh prokurorning, Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Markaziy bank boshqaruvi raisining, Hisob palatasi raisining, Markaziy saylov komissiyasi raisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va ob’ektlarda;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda;

6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq;

7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif ob’ektlarida;

8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;

9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;

10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;

11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida;

12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin.

YUqoridagi qonunning 5-2-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.

Qonunning 13-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shartligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilangan.

Aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 203-1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga, huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
215-moddasida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish jinoyati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi ko‘rsatilgan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i mamlakatimiz mustaqilligining ramzi va timsoli hisoblanadi va biz u bilan fahrlanishimiz lozim.

Asqar Mamaraimov

SHerobod tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi bosh konsultanti

“O‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etishning huquqiy asoslari”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Yakka tartibda uy qurish fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi va davlat yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga er uchastkalarini ajratish, uy qurishga ssuda va kreditlar berish yo‘li bilan har taraflama ko‘maklashadi.

Uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarga doir ishlarning to‘g‘ri hal etilishi fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda yakka tartibda uy qurishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlashda, muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan er uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim.

Xo’sh, sud amaliyotida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etishning qanday huquqiy asoslari bor degan savol tug‘ilishi tabiiy.  

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib berilgan er uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, shu jumladan ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish bilan, shuningdek uyni bo‘lish bilan bog‘liq da’volar, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qat’i nazar, sudlarga taalluqli emas.

Bunday da’volar bilan arz qilinganda, sud arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa ish yuritishni tugatadi va arizachiga ushbu talab bilan tegishli hokimiyatga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.

Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun o‘zboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning da’volari, agar talab mulk huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususan qurilish materiallariga bo‘lgan huquqni e’tirof etish, uyga ko‘chirib kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida berilgan bo‘lsa, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishini istisno etmaydi.

Sudlar ishni ko‘rishda uyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi dalillarni (qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, oldi-sotdi, hadya shartnomasi va shu kabilarni), uyning va er uchastkasining rejasini taqdim etishni taraflarga taklif qiladi yoki o‘z tashabbusi bilan ularni talab qilib oladi.

Shuningdek, belgilangan tartibda ajratib berilgan er uchastkasida qurilgan yangi uyga bo‘lgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksining 210-moddasiga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.

Uy qurilishi tamom bo‘lguniga va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar uy mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.

Uyni birgalikda qurayotgan er-xotinning, imorat soluvchining oila a’zolarining, shuningdek merosxo‘rlarning da’vosiga ko‘ra sud qurilishi tugallanmagan uyni, agar uning bitay deb qolganlik darajasini inobatga olib, alohida qilib ajratib berish mumkin bo‘lgan qismlarini keyinchalik ularning mazkur shaxslar tomonidan qurilishi oxiriga etkazilishi texnik imkoniyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin bo‘lsa, bo‘lishga haqli.

Hokimiyat o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan er uchastkasini da’vogarga ajratishni rad qilgan taqdirda, sud huquq to‘g‘risida nizo mavjudligi sababli da’vogarga rad etish haqidagi qaror ustidan ma’muriy sud orqali nizolashishga haqli ekanligini tushuntiradi.

Da’vogarning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan er uchastkasini ajratishni rad qilish haqidagi hokimiyat qarorini g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi da’vosi hamda hokimiyatning ushbu o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish haqidagi da’vosi birgalikda ko‘rib chiqilishi ham mumkin.

Muxtasar qilib aytganda, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan tegishli tuman hokimining qarori asosida mulk huquqini qonuniy asoslarda qo‘lga kiritishi, kadastr idorasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, mulkdor o‘z huquqlarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, har kim qonuniy asoslarda mulkdor bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Djumanazar Babatov

Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bo‘yicha bosh konsultanti

“Nikoh shartnomasining afzalliklari”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaning davlat va jamiyat muhofazasida ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa, oila a’zolarining shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari, nikoh shartnomasiga oid qoidalar Oila kodeksida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikassi Oila kodeksining VI-bobi er-xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibiga bag‘ishlangan. Nikoh shartnomasi nikohlanuvchi shaxslarning, ya’ni er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir. Endilikda qonuniy (rasmiy) mulk tartibi bilan birga mulkning shartnomaviy tartibiga ham o‘rin berildi. Bunda er-xotin o‘zlarining mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoki er-xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqli ekanligi belgilandi.

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Sud amaliyotiga murojaat etsak, da’vogar SH.Anvarova javobgar A.Odilovga (ismi va familiyalari o‘zgartirilgan) nisbatan 29 turdagi jami 15.407.000 so‘mlik mol-mulklarini olib berish haqida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan. 

Tumanlararo sudining 2019 yil 16 maydagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vo qisman qanoatlantirilgan.

Unga ko‘ra, da’vogar SH.Anvarovaning foydasiga javobgar A.Odilovdan 4 turdagi 1.180.000 so‘mlik mulklar olib berilgan.

Yuqoridagi fuqarolik ishidan ko‘rinishicha, taraflar o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan, da’vogar tomonidan nizoli mulklar haqiqatda ham mavjudligi haqida dalillar taqdim etilmagan, sud tomonidan da’vo arizada ko‘rsatilgan mulklar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rgan bo‘lishiga qaramasdan javobgarning yashash uyida yuqoridagi mulklar to‘liq mavjud emasligi aniqlandi.

Nikoh shartnomasining afzalligi shundaki, u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkamlaydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to‘g‘ri foydalanishga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undaydi. Darhaqiqat, sud orqali mulkni bo‘lishdek ko‘ngilsiz tortishuvlarni boshidan kechirganlar nikoh shartnomasini zarurligini tasdiqlamoqdalar.

Muxtasar qilib aytganda, nikoh shartnomasi to‘g‘risida huquqiy targ‘ibotning ko‘chaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Sherzod Eliev

Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi,

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bo‘yicha bosh konsultanti

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuniga 2021 yil 21 sentyabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Joriy yilning 20 oktyabr kuni Angor tuman 3-sektor hududida jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi K.Xidirovning tashabbusi bilan, mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda amaldagi qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan davra muhbati o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan davra suhbatida jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi raisi K.Xidirov, Angor tuman IIB mas’ul xodimlari hamda fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda so‘z olgan tuman sudi raisi K.Xidirov, 2021 yil 20 sentyabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-717-sonli Qonuni qabul qilindi unga ko‘ra, Sudyalar faoliyati ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Kengash:

➖ sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olib, ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;

➖ sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqadi va prinsipial baholaydi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Kengash sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

Qonun bilan Kengash raisi o‘rinbosari vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Kengash raisi o‘rinbosari:

Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Bosh prokuratura tomonidan xabardor qilinadi.

Davra suhbati yakunida aholining ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish shuningdek, xotin-qizlar orasida jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Davra suhbati asnosida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda masalalari bo‘yicha kerakli ma’lumot oldilar.

Kamoliddin Xidirov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi raisi

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bo‘yicha bosh konsultanti

“Kredit va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti”

 Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 22.12.2006 yilda “KREDIT SHARTNOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR BAJARILISHINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDAGI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA” gi qarori qabul qilingan.

 Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli hisoblangan kafillik, garov shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi   «Garov to‘g‘risida»gi, «Garov reestri to‘g‘risida»gi, «Ipoteka to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Bank yoki boshqa kredit tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — kredit tashkiloti) va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabat kredit tashkilotining keyinchalik, kelishilgan muddatlarda, kredit berish (kredit liniyasini ochish) majburiyatini va qarz oluvchining olingan kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z ichiga oladi.

Bunda kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa o‘tkazish) bo‘yicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni to‘lash, kreditni qaytarish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi.

Shu munosabat bilan sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit shartnomasini bajarishga majburlash to‘g‘risidagi da’volarini ko‘rishda taraflarning tuzilgan ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni inobatga olishlari lozim.

Kredit shartnomasi sud tartibida taraflardan birining talabi bilan boshqa taraf tomonidan shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda yoki vaziyat jiddiy o‘zgarganda, shuningdek qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Yuqori foiz stavkalarini belgilash, kreditni qaytarish yoki foiz to‘lashni kechiktirganlik uchun jarima qo‘llash, kredit valyutasi kursining o‘zgarishi kredit o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi deb hisoblanishi mumkin emas.

Sudlar kredit summalarini muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi talabning yo‘qligi kredit summasi va foizlarni muddatidan oldin undirish haqidagi talablarni qanoatlantirishni rad etish uchun asos hisoblanmasligini e’tiborga olishlari lozim.

Qarz oluvchilar (qarzdorlar)ning kreditlarni qaytarmaganlik uchun kredit tashkilotlari oldidagi javobgarligi doirasini aniqlashda sudlar qarz tarkibiga kreditning yoki uning bir qismining summasi, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit shartnomasida belgilangan hajmda boshqa to‘lovlar (komissiyalar) kirishidan kelib chiqishlari zarur.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit tashkiloti tomonidan qarz oluvchi (qarzdor) bankning pul mablag‘laridan amalda foydalangan butun davri uchun, hatto aktiv (kredit/qarz) o‘stirmaslik maqomiga o‘tkazilgan taqdirda ham, pul majburiyatlarini kechiktirish davrini qo‘shgan holda hisoblanishi mumkin.

Kredit mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, garov, kafillik shartnomalari hamda kafolat, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlardan tashqari, ularni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishli da’volar mavjud bo‘lgan taqdirdagina haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi asosiy majburiyatning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.

FKning 114-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra qarz (kredit) shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda sudlar qarz mablag‘laridan foydalangan taraf kreditordan olgan mablag‘larini qaytarishi, shuningdek ulardan foydalangan hamma davri uchun FKning 327-moddasiga muvofiq foizlar to‘lashi lozim ekanligini hisobga olishlari kerak.

Kredit summalari va foizlarni qaytarish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilganda bir vaqtning o‘zida kredit shartnomasida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan neustoyka ham undirilishi mumkin, agar uni undirish talab qilingan bo‘lsa.

Kredit shartnomasida taraflar tomonidan kreditni qaytarishni kechiktirganlik (kredit majburiyatini buzganlik) uchun yuqori foiz turi sifatida belgilangan javobgarlik uzluksiz joriy sanksiya hisoblanadi.

Sudlar inobatga olishlari lozimki, kredit majburiyatlarining ijrosi kechiktirilgan davr uchun neustoyka (penya va jarima shaklida) yoki majburiyatlarning bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlamaganlik uchun oshirilgan foizlar belgilanishidan farqli o‘laroq, kredit shartnomasida mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi muddati kredit tashkiloti tomonidan uzaytirilgan taqdirda kreditdan foydalanganlik uchun foiz ustamasining oshirilishi (ko‘paytirilishi) nazarda tutilishi mumkin.

Kredit shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzni (yoki asosiy qarzning bir qismini) qaytarish muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun to‘lanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar shaklidagi javobgarlik bo‘lmay, sudlar tomonidan unga kredit mablag‘laridan foydalanganlik uchun shartnomaviy to‘lov shakli sifatida qaralishi lozim.

Muqaddam kechiktirilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun (majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun) javobgarlik choralari sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Agar kredit shartnomasida majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llashni talab qilishga haqlidir.

FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda FKning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.

Kredit shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi kredit tashkilotini kredit shartnomasini bekor qilish paytidan boshlab qaytarish kuniga qadar pul mablag‘laridan foydalanilgan butun davr uchun FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni olish huquqidan mahrum qilmaydi.

Agar shartnomada qarz to‘lovining kechiktirilganligi munosabati bilan foizlar miqdori oshirilishi belgilangan bo‘lsa, qarz mablag‘laridan foydalanganlik uchun to‘lov oshirilgan stavka miqdori FKning 327-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq shartnomada belgilangan boshqa foizlar miqdori deb hisoblanishi lozim.

FKning 736-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan, qarz summasini qaytarishni kechiktirish munosabati bilan undiriladigan foizlar, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun qaytarish kuniga hisoblangan foizlarsiz ushbu summaga hisoblanadi.

Agar da’vogar tomonidan FKning 327-moddasiga asosan foizlarni undirish va aynan shu qonunbuzilishi uchun neustoyka undirish haqida talablar bildirilgan bo‘lsa, sud o‘z xohishiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralaridan birini qo‘llashi va talabni yoki foizlar undirish qismi bo‘yicha, yoxud neustoyka undirish qismi bo‘yicha qanoatlantirishi mumkin.

Sudlar e’tiborga shuni olishlari lozimki, agar qarz shartnomasiga ko‘ra qarz beruvchi qarz oluvchidan foizlar olish huquqiga ega bo‘lsa, lekin shartnomada foizlar miqdori belgilanmagan bo‘lsa, foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarz summasi berilgan kundan qaytarilgan kungacha bo‘lgan davrda belgilangan qayta moliyalash stavkasi miqdorlari bo‘yicha undirilishi kerak.

FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar kredit mablag‘larining tegishli summasiga va shu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlarga to‘lanadi.

Sudning boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlarni qarzdordan undirish to‘g‘risidagi qarori foizlar hisoblangan pul summasi, shuningdek tegishincha da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab hisoblangan foizlar summasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Kredit shartnomasi shartlarining kredit tashkiloti tomonidan buzilganligi munosabati bilan yuzaga kelgan zararni undirish yuzasidan qarz oluvchilarning da’volari bo‘yicha nizolarni ko‘rishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, majburiyatlar buzilishi oqibatlariga: da’vogar tomonidan olinmay qolgan mulk va pul mablag‘lari; ko‘rilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda); da’vogar amaldagi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq umid qilishga haqli bo‘lgan boshqa mulkiy huquqlar kiritilishi mumkin. Da’vogar zararni undirish uchun majburiyatlarning buzilishi holatini, yo‘l qo‘yilgan buzilish va yuzaga kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligini, shuningdek talab qilinayotgan zararlar (olinmay qolgan foyda) miqdorini isbotlashi kerak.

Sudlar zararni qoplashda majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yoki bajarmaslik oqibatida etkazilgan zararlar miqdorining oshishida kreditor yoki qarz oluvchining aybi bor-yo‘qligini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilmasligidan kelib chiqqan zararni kamaytirish choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini tekshirishlari lozim.

Qonun hujjatlarining mazmuniga ko‘ra, qonun bo‘yicha har qanday haqiqiy majburiyat garov bilan ta’minlanishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishiga yo‘l qo‘yiladigan har qanday mol-mulk (korxona, bino, inshoot, jihoz, boshqa ishlab chiqarish jamlamalari, qimmatbaho qog‘ozlar, pul mablag‘lari, mulkiy huquqlar va hokazo) garov narsasi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, garov huquqi shartnoma bilan garovga qo‘yuvchining mulki (to‘la xo‘jalik yuritishi)ga kelgusida qo‘shiladigan mol-mulkiga ham tatbiq etilishi mumkin.

Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.

Sudlar garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan kreditni qaytarish va foizlarni to‘lash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda kredit tashkiloti va garovga qo‘yuvchi o‘rtasida mustaqil garov shartnomasi shakliga ega yoki kredit shartnomasiga tarkibiy qism bo‘lib kirishi mumkin bo‘lgan yozma garov shartnomasi mavjudligini aniqlashlari kerak. Oxirgi holatda kredit shartnomasining tarkibidagi garov majburiyati FKning 271-moddasi va «Garov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida belgilangan garovning zarur huquqiy shartlarini o‘z ichiga olishi lozim.

Kredit shartnomasining tarkibiga kiritilgan garov majburiyati, agar qonun hujjatlarida bunday shartnomalarni ro‘yxatga olish nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli mol-mulk garovi shartnomasini ro‘yxatga olish tartibi kabi ro‘yxatga olinishi kerak.

Mansur Abdurahmanov

Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi

“Til- millat ko’zgusidir”

Til-muqaddas va e’zozlangan tushuncha, har bir inson uchun o‘z onasi kabi aziz va mo‘‘tabar.

Inson o‘z ona tili yordamida yangi tushunchalar va munosabatlarni anglay boshlaydi. Ona tili bizga ona suti bilan singdiriladi.

Dunyoning barcha davlatlari o‘z ona tillarini asrab-avaylashga intilishadi, shuning uchun har qanday davlat o‘zining madaniy merosi va ona tilini alohida hurmat qiladi.

Millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri bu til ekan, har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim.

Shundagina tilning, millatning qadri va obro‘yi, nufuzi oshadi.

Yuqori rivojlangan davlatlar darajasiga erishish uchun O‘zbekiston fuqarolari xalqaro tillarni bilishlari mumkin, lekin shuni unutmaslik kerakki, o‘zbek tili dunyodagi barcha rasmiy tillar qatori suveren til maqomini olgan ekan. Har bir O‘zbekiston fuqarosi davlat tilini bilishi shart. Xech kim hech qachon o‘z ona tiliga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmasligi kerak. Tilga hurmat-bu xalqqa hurmat.

O‘zbek tilining Vatanimizda davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni uch tamoyilga: umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga  asoslanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘yi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuv va muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotganligi buning yaqqol dalilidir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada nihoyatda muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sud tizimida ham sud binolarining peshlavhalari, binoning ichki va tashqi yozuvlari to‘liq lotin alifbosida bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqdagi barcha sahifalar davlat tilidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi ta’minlangan.

Shu bilan bir qatorda, sud tizimida  sud hujjatlari matnini tayyorlashda til to‘g‘risidagi qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida Termiz Davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan  filologlarni taklif qilgan holda sudyalar hamda sud xodimlari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Xulosa qilib aytganda, til-jamiyatning asosiy tayanchi, insoniy muloqot-munosabatlarning birlamchi vositasidir.

Shunday ekan, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qoladi.

Dilorom Almuratova

        Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bo‘yicha bosh konsultanti

“Xokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyatining oldini olish choralari”

Barchamizga ma’lumki insonning huquqlari, erkinliklari va burchlari oliy qadriyat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.

Bugungi mavzuimiz “Xokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyatining oldini olish” bo‘lib, ushbu jinoyat Termiz shahrida 2020 yilga nisbatan 2021 yilga 300% o‘sganligini kuzatish mumkin.

Ushbu moddaning maqsadi huquq-tartibot va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi jamiyatda fuqarolar rioya etishi majbur bo‘lgan muayyan tartibni belgilab beradi. SHu munosabat bilan ba’zi bir mas’ul mansabdor shaxslarga, xususan hokimiyat vakillariga majburiy ko‘rsatmalar berish bo‘yicha muayyan vakolatlar berilgan.

Jamiyat va davlat manfaatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining bir me’yorda faoliyat yuritishi, hokimiyat vakili yoki o‘zining fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsning shaxsiyati hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish ob’ekti hisoblanadi.

Ob’ektiv tomondan jinoyat xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etiladi. Qarshilik ko‘rsatish faol yoki passiv shakllarda bo‘lishi mumkin. Qonun mazmuniga ko‘ra, faqatgina faol qarshilik ko‘rsatish jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Faol qarshilik ko‘rsatish jismoniy zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlikni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Jismoniy qarshilik ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladigan faol qarshilik ko‘rsatish o‘zining xizmat yoki fuqarolik majburiyatlarini bajarayotgan shaxslarning badaniga qasddan shikast etkazish, urish, do‘pposlash, bog‘lash, qamab qo‘yish yoki ularning erkinligini boshqacha usulda cheklab qo‘yish.

Agar qarshilik ko‘rsatish jarayonida jabrlanuvchiga o‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir tan jarohati etkazilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishini jinoyatlar majmui bo‘yicha JK 219-moddasi 1-qismi va JK 105-moddasi yoki 104-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish deganda, aybdorning o‘zining xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan real jismoniy majburlov o‘tkazish niyatini bildiruvchi so‘zlari va harakatlari tushuniladi.

Agar aybdor o‘ldirish yoki kuch ishlatish bilan qo‘rqitayotgan bo‘lsa, uning harakatlarini jinoyatlar jami bo‘yicha Jinoyat kodeksining
112-moddasi va 219-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.

Hokimiyat vakili davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.

219-modda mazmuni bo‘yicha hokimiyat vakillari qatoriga ijro etilishi majburiy bo‘lgan qonuniy ko‘rsatmalar berish huquqi berilgan mas’ul mansabdor shaxslar kiritiladi. Bular huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar xodimlari: prokurorlar, ichki ishlar xodimlari, MXX, soliq xizmati xodimlari va hokazo, shuningdek, qonunga asosan, huquq-tartibotni qo‘riqlash bo‘yicha asosiy yoki qo‘shimcha vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslardan iborat. Bu sababga ko‘ra, hokimiyat vakili hisoblanmaydigan mas’ul mansabdor shaxsga qarshilik ko‘rsatish, agar u o‘z fuqaroviy burchini bajarmayotgan bo‘lsa, sharhlanayotgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi bu qonunda belgilangan tartibda quyidagi vazifani bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi: prokuror; tergovchi; surishtiruvni amalga oshiruvchi shaxslar; tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar; jamoat tartibini muhofaza qilishni va ijtimoiy xavfsizlikni, sud (sudyalar)ning hukmlari, ajrimlari, qarorlari, tergov organlari va prokuror qarorlarining ijrosini   ta’minlashni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi xodimi; Milliy xavfsizlik xizmati organi xodimi; soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha departament xodimi; sud ijrochisi; bojxona xizmati xodimi, shuningdek, qonun bo‘yicha huquq-tartibotni muhofaza qilish asosiy yoki asosiy vazifalardan biri hisoblanuvchi organlarda xizmat vazifasini bajaruvchi boshqa shaxslar.

Hokimiyat vakillari funksiyalarini bajarayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq qilmish tegishli belgilar bo‘lgan hollarda JK 220-moddasi yoki 221-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.

Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxs deganda, davlat hokimiyati yoki boshqaruv organlari, jamiyatga yordam berayotgan, o‘zining konstitutsiyaviy yoki boshqa qonuniy majburiyatlarini bajarayotgan har qanday shaxs tushuniladi. Boshqacha aytganda, fuqarolik burchini bajarish, bu  fuqarolar tomonidan qonun va jamiyat, davlat va boshqa shaxslarning manfaatlari doirasida har qanday harakatlarni amalga oshirish. Ko‘p hollarda o‘zining fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslar jabrlanuvchi bo‘lib qoladi va qonunga asosan shunday shaxs deb tan olinadi.

Hokimiyat vakili yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsning xizmat majburiyatlari huquqiy tartibot va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash va himoya qilishga qaratilganligi sababli, hokimiyat vakilining ko‘rsatmasi yoki fuqaroning harakati qonun va huquq doirasida bo‘lishi lozim. Mazkur xizmat majburiyatlari hokimiyat vakillariga tegishli qonun hujjatlarining alohida toifasidan kelib chiqadi.

Jamoat tartibini qo‘riqlash bo‘yicha faoliyat nomuayyan shaxslar doirasi manfaatlariga taalluqli huquqbuzarliklar (shu jumladan jinoyatlar)ning oldini olish va ularga qarshi kurashishga (ko‘chada, maydonlarda, bog‘larda, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda va boshqa joylarda jamoat huquq-tartibotini ta’minlashga, pasport tizimi bo‘yicha  belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishga, huquqbuzarliklar sodir etilishiga ko‘maklashuvchi vaziyatlarni aniqlash  va hokazolarga) qaratilgan qonuniy faoliyat.

Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyat nomuayyan shaxslar doirasi hayotiy muhim manfaatlarining turli tahdidlardan zaruriy himoyalanganlik darajasini saqlab turishga (nochor yoki boshqacha holatda qolgan, hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolganlarga yordam ko‘rsatishga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar bilan muomala qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va hokazolarga) yo‘naltirilgan qonuniy faoliyat.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hokimiyat vakili yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxs faoliyatining qonuniyligi va haqqoniyligi sharhlanayotgan jinoyat ob’ektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.

Haqqoniylik deganda, huquq sub’ekti faoliyati yoki faoliyat natijalarining ijtimoiy hayot hodisalariga mos bo‘lishi tushuniladi. Haqqoniylik nafaqat huquq sub’ektlarining yurish-turishida, balki huquqni qo‘llash hujjatlarida ham ifodalanadi. Haqqoniylik huquq ko‘rsatmalaridan biror-bir tarzda chekinmaslikni nazarda tutadi. Uning aksi huquqqa xiloflilik hisoblanadi.

Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun quyidagilarni aniqlash lozim:

-birinchidan, qarshilik ko‘rsatish xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga yo‘naltirilganligini;

-ikkinchidan, qarshilik ko‘rsatish xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini ijro etish vaqtida sodir etilganligini aniqlash.

Mazkur holatlar aniqlangandan keyingina aybdorning qilmishi JK 219-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Qonunga xilof harakatlarni amalga oshirayotgan hokimiyat vakili yoki shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyat deb topilmaydi.

Hokimiyat vakillari va fuqarolarning aynan qonuniy harakatlari jinoyat-huquqiy jihatdan himoyalanadi.

Jinoyat xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish boshlangan vaqtdan boshlab, oqibat kelib chiqishidan qat’i nazar, tugallangan hisoblanadi. Bunda qarshilik ko‘rsatish natijasida xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxs hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast etkazilgan yoki boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqan hollarda, aybdorning qilmishi jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Jinoyatning sub’ektiv tomoni aybning qasd shakli bilan tavsiflanadi. Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish faqat to‘g‘ri qasd shaklida sodir etilishi mumkin.

Aybdor shaxs xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatayotganligini anglaydi va buni xohlaydi.

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatayotganligini anglamagan shaxs tomonidan bunday qarshilik ko‘rsatishning sodir etilishida mazkur jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi.

O‘n olti yoshga to‘lgan aqli raso shaxs jinoyat sub’ekti hisoblanadi.

JK 219-moddasi 2-qismi xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Mazkur moddaning sharhlanayotgan qismidagi jinoyat ob’ektiv tomondan birinchi qismda nazarda tutilgan qilmishdan bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Agar moddaning 1-qismiga ko‘ra, javobgarlik xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish uchun belgilansa, 2-qismida esa mazkur shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin, o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilgan shaxs javobgarlikka tortiladi.

Majburlash bu hokimiyat vakili yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan ularni o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish yoki majburlovchi shaxs foydasiga noqonuniy harakatlar sodir etishga erishish maqsadida jismoniy yoki ruhiy ta’sir etish. Qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan jismoniy majburlashdan farqli ravishda majburlash vaqtida qo‘llaniladigan kuch ishlatish boshqa maqsadni ko‘zlaydi.

Majburlash vaqtida qo‘llaniladigan jismoniy zo‘rlik ishlatish deganda, jismoniy azob beradigan hamda jabrlanuvchining irodasiga xilof ravishda uning jismoniy erkinligini cheklaydigan harakatlar sodir etish, shuningdek, urish, do‘pposlash va boshqa harakatlar orqali shaxs badaniga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast etkazish tushuniladi.

Ruhiy majburlash deganda, aybdor tomonidan so‘z yoki o‘zining niyatini boshqacha shaklda ifodalash orqali hokimiyat vakili yoki o‘zining fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga ma’naviy zarar etkazish, uning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar etkazish tushuniladi. Agar hokimiyat vakili yoki o‘zining fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan kuch ishlatish natijasida ularga og‘ir tan jarohati etkazilsa, aybdorning harakatlari jinoyatlar jami bilan kvalifikatsiyalanishi lozim. Zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish majburlash tushunchasi doirasiga kirganligi sababli aybdorning qilmishi JK 112-moddasi bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikitsiya qilinmasligi lozim.

Majburlashning maqsadi xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslar tomonidan majburlovchi foydasiga noqonuniy harakatlar sodir etilishiga erishish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish hisoblanadi.

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslarning majburlovchi foydasiga noqonuniy harakatlar sodir etishlari va bevosita qonuniy vakolati doirasiga kiruvchi majburiyatlarni bajarmasligi hokimiyat vakilining xizmat vazifasini bajarish yoki shaxsning fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishi hisoblanadi.

 Hokimiyat vakili va shaxsga nisbatan kuch ishlatish bilan mazkur shaxslar tomonidan o‘zining xizmat vazifalarini bajarish o‘rtasida sababiy bog‘liqlanishning mavjudligi JK 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qilmish ob’ektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilishga yo‘naltirilgan majburlov harakatlari sodir etilgan vaqtdan boshlab, oqibat kelib chiqishidan qat’i nazar, jinoyat tugallangan hisoblanadi.

Sub’ektiv tomondan JK 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Bunda xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilishga yo‘naltirilgan maxsus maqsadning mavjudligi jinoyat sub’ektiv tomonining zaruriy belgisi  hisoblanadi.

O‘n olti yoshga to‘lgan har qanday shaxs jinoyat sub’ekti bo‘lishi mumkin.

Kelgusida ushbu turdagi jinoyatni oldini olish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini va hududlardagi profilaktika inspektorlari tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish maqsadga muvofiqdir.

Jamshid Xursandov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sudyasi

                                                                                  Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bo‘yicha bosh konsultanti

Skip to content